Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Numansiya”ga qarshi o'yin (3:0) dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Natijadan xursandman. Chunki “Numansiya” maydonida o'ynash oson bo'lmadi. Raqib jamoa futbolchisi maydondan chetlatilgandan so'ng bizda bir nechta muammolar yuzaga keldi.
“Numansiya” o'nta futbolchi bilan ham yaxshi o'ynadi. Ammo, o'yinni natija hal qiladi. Beylni zahiraga olinishi rejamizda bor edi. U bir soatni hech qanday muammolarsiz o'tkazdi. Menimcha, Beyl o'yin amaliyotini yanada oshirib oladi. Mayoral jamoada asosiy rolni o'ynaydi. U bizga kerak vaqtda doimo maydonga tushadi. Bizda o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan juda ko'p futbolchilar bor. Ular sabr bilan mehnat qilishda davom etishlari kerak”, - deydi Zidan.