"Liverpul" yarimhimoyachisi Filippe Koutinyo dunyoning ikkinchi raqamli eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin. Agarda futbolchi "Barselona" tarkibiga borib qo'shilsa.
2008-yilda "Qirollik klubi" Koutinyoni 16 yoshlik paytida 2 mln yevroga sotib olishi mumkin edi, ammo madridliklar rahbariyati shu paytda fikridan qaytishda va boshqa bir braziliyalik yosh futbolchi Alipio Duarte Brandaoni xarid qilishdi. O'sha yillari Alipio Braziliyada yosh futbolchilar ichida haqiqiy yulduz edi.
2008-yilda "Real" sport-direktori Migel Anxel Portugal Koutinyoni sotib olish fikridan qaytganliklarini va Alipio bilan shartnoma tuzilganini ma'lum qiladi.
Shundan so'ng Filippe Koutinyo "Inter" safiga qo'shiladi, uning do'sti Alipio esa 2,5 mln yevro evaziga "Real"ga o'tadi. Alipio "Real" safida bor yo'g'i 4 ta o'yinda ishtirok etdi, unda ham asosiy tarkibda emas (2 ta o'yin "Real Madrid C" va 2 ta o'yin "Kastilya"da). Hozirgi paytga kelib Alipio Brazilya B seriyasi (2-liga) vakili "Fortalezu" jamoasida to'p suradi.