"Real Madrid" hujumchisi Alvaro Morata yozda Italiyaga qaytishi mumkin.
24 yoshli hujumchi "Manchester Yunayted" bildirgan taklifni rad etdi, bu haqida Football Italia nashri xabar beradi. Shaxsan Joze Mourinyoning o'zi Morata bilan telefon orqali gaplashgan va uni "MYU"ga taklif qilgan edi. Ammo hujumchi bu taklifni rad etishga qaror qilgan. Sababi esa u faoliyatini "Milan" klubida davom ettirishi istagini bildirgan.
Qolaversa, Morataning bo'lajak rafiqasi italyan va moda olami vakili hisoblanadi. Milan shahri esa modalar o'lkasi hisoblanadi. Oldinroq berilgan ma'lumotga ko'ra Alvaro allaqachon "Milan" bilan kelishuvga erishgan va u yerda yiliga 7,5 mln yevro maosh oladi.