“Atletik” posboni Kepa Arrisabalag yaqin orada “Real” safiga qo'shiladi.
Ispan nashri bo'lmish “As”ning yozishicha, Arrisabalag allaqachon “Real” bilan shartnoma imzolab bo'lgan.
“Real” Arrisabalagning yanvarning dastlabki kunidanoq jamoaga qo'shilishini istagandi, biroq posbonning jarohati bunga imkon bermadi. Arrisabalag taxminan 2 haftadan keyin jarohatidan forig' bo'ladi va “Real” safiga qo'shiladi.