“Inter” va Ikardi yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatib turishibdi. “Sky Sport Italia”ning xabar berishicha, “Inter” jamoa sardorida yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Ikardining amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Milan klubi yangi shartnomada Ikardining tovon pulini oshirib qo'ymoqchi. Futbolchining o'zi ham “Inter”da qolishni istamoqda. Ikardi Benzemaning ketishiga ishonmayapti va shu bois “Real”ga o'tmoqchi emas.