Fransiyaning "Nitsa" klubi hujumchisi Mario Balotelli "Oltin to'p" borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Agar "Oltin to'p"ni olishni istasam, Ronaldu va Messini o'ldirishim kerak. Chunki qanchalik ko'p mexnat qilsam ham bu sovringa ega chiqa olmayman. Yaqin kunlar ichida ta'tilga chiqib ketsam ham Chempionlar Ligasi finalini ko'rmayman." - deydi hujumchi.
Ushbu mavsumda Mario Balotelli 23 o'yinda maydonga tushib (20 tasi asosiy) 15 ta gol muallifiga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 6 ta sariq va 2 ta qizil kartochka ham bor.