"Kastilya"ning eng yaxshi to'purari Dani Gomes bo'lajak uchrashuvlarda qatnashmaydi, agarda jamoa bilan yangi shartnoma imzolamasa. Bunday qarorga rahbarlar futbolchi "Qirollik klubi" bilan yangi shartnomaga imzo chekmasligini eshitganidan so'ng kelishdi.
Marca nashrining xabariga ko'ra Gomesning vakillari "Madrid" rahbarlari bilan uchrashuvlarda qatnashdi ammo kelishuvga erishmadi. Shundan so'ng jamoa rahbarlari futbolchiga o'yin amaliyoti bermaslik (sanksiya) jarima qilib qo'yishdi.
Dani Gomes - "Kastilya"ning kam sonli javohirlaridan biri. 2016/17-mavsumda Guti boshchiligidagi "Xuvenil A"da porlagan hujumchi yozgi tayyorgarliklarda asosiy jamoa bilan ham mashg'ulot o'tadi. "Kastilya"da mavsum boshida Gomes ajoyib startni oldi, bunday startga hali na Morata, na Mariano, na Xese, na Xoselular erisha olmagan edi. Segunda B da dastlabki 3 turda Dani 3 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Yoshlar o'rtasida Chempionlar Ligasida "Tottenxem" darvozasiga to'p kiritdi. To'purarlar baxsida 7 ta gol kiritib ro'yxatdan joy oldi. Undan oldinda faqat Ivan Ignatev ("Krasnadar") 10 ta gol bilan bormoqda.