Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho Fernandes Zidan boshchiligda Qirol kubogida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi.
Himoyachi jami 630 daqiqa Qirol kubogi o'yinlarida maydonga tushgan. Zidan murabbiylik qilganidan so'ng "Madrid" Ispaniya kubogida jami 8 ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, shulardan 7 tasida Nacho tarkibda bo'lgan. Nachodan so'ng Qirol kubogida eng ko'p Kiko Kasilya (616) va Marko Asensio (556) daqiqa harakat qilishgan.