“Valensiya” hujumchisi Rafael Mir faoliyatini Chempionshipda (Angliya) davom ettiradi. Bu haqda “Super Deporte” xabar tarqatdi.
Mirni sotib olishi kutilayotgan “Vulverxempton” klubi futbolchi uchun 2 mln evro to'lashga tayyor. Mazkur transfer yaqin kunlarda rasmiylashtiriladi.
Ta'kidlash kerakki, 20 yoshli Mirga “Real” klubi ham qiziqish bildirgandi.
Joriy mavsumda Rafael Ispaniya chempionatining uchinchi divizionida harakat qiladigan “Mestalya” safida to'p surmoqda. Uning hisobida ayni damda 15 ta gol bor.