Ronaldu soliqlar bo'yicha muammo bezovta qilmoqda.
Hozircha Ispaniya soliq hukumatidan Ronalduga rasmiy tarzda ish ochilmadi. Hozirda Ronalduning 2011-yildan 2014-yillar oralig'idan davlatga soliq to'lashdan bosh tortganligi aniqlashtirilmoqda.
2003-yildan 2009-yillargacha Ronalduning ishlari bilan Angliyalik assesor, advokat va futbol agenti Karlos Osorio shug'ullangan edi. Futbolchining "Real"dagi dastlabki 4 yilda Ronalduning finanslari bilan ispan firmasi shug'ullangan. 2014-yildan boshlab esa uning ishlari Angliyaning "Senn va Ferrero" firmasiga o'tkazilgan. Hozirgi kunga kelib Ronaldu Ispaniya davlatidan 16 mln yevroni yashirganlikda ayblanmoqda va hozirda futbolchi o'z xohishi bilan bu pulning 6 mln yevrosini to'ladi. Bu esa Ronaldu uchun qo'shimcha ravishda imtiyoz bo'ladi.
Agarda Ronalduga nisbatan jinoyat ish ochilib aybliligi aniqlansa 15 oydan 5 yilgacha qamoq jazosi qo'llanilishi mumkin. Xuddi shunday jazoga Lionel Messi ham qo'llanilishi mumkin. Messi 2007 va 2009-yillarda pullarni yashirganlikda ayblanib 21 oyga qamoq jazosi berilishi mumkin.
Qolaversa, bunday qoida buzarliklar Fabio Koentrau va Radamel Falkaolarda ham kuzatilmoqda. Ularning soliqlari yuqoridagi ikki futbolchinikidan kamroq qilib ko'rsatilgan. Qiziqarlisi Ronaldu, Koentrau va Falkaolarning agenti va advokati hozirgi kunda Jorje Mendesh hisoblanadi.