Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema so'nggi paytlarda muxlislar tomonidan qattiq tanqidlar ostida qoldirilayotgan edi, mana bir necha kunm oldin hujumchi jarohat oldi va 2-3 haftaga safdan chiqdi.
Bu o'z o'rnida Zidanga qo'shimcha muammolar tug'dirishi mumkin. Endi jamoada hujum chizig'ida yangi lider kerak. Karimning jarohati safga qaytgan Garet Beyl uchun asosiy tarkib eshiklarini ochdi, shuningdek , Marko Asensio va Iskoga ham.
Aynan ushbu futbolchilar 2,3 hafta davomida asosiy tarkibda nimalarga qodirligini ko'rsatishi mumkin.