"Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalaga transferi yaqin vaqtlar ichida amalga oshadi. Marca nashrining xabariga ko'ra Zidan yosh bask o'g'lonini yanvardayoq o'z jamoasida ko'rmoqchi.
"Qirollik klubi" rahbarlari darvozabon uchun 20 mln yevrodan voz kechishga tayyor, albatta bu summa Kepaning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli hisoblanadi. Bu pullar futbolchini yanvarda sotib olish yo'lida berilmoqda. Aks xolda kelayotgan yozda 23 yoshli darvozaboning "Bilbao" bilan shartnomasi o'z nixoyasiga yetadi va erkin agent sifatida o'zi istagan jamoaga tekinga ketish huquqiga ega bo'ladi.