Rojdetsvo ta'tilidan so'ng Madridning "Real" klubi bir qator o'yinlarda maydonga tushadi. Xususan jamoa 70 kun ichida 20 ta o'yin o'tkazishiga to'g'ri keladi. Bu degani har 3,5 kunda 1 ta o'yin. Agarda Zidan shogirdlari Qirol kubogi yarimfinaliga yo'l olgan taqdirda jamoada martgacha dam olish imkoniyati bo'lmaydi. "Qirollar" bu seriyani 4-yanvar kuni Qirol kubogida "Numansiya"ga qarshi o'yin orqali boshlaydi. Bu oraliqda jamoa "Villarreal" (13-yanvar), "Valensiya" (27-yanvar) va Chempionlar Ligasi (14 fevral va 6-mart).