"Real" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni qo'lga kiritish uchun asosiy tarkib futbolchilaridan birini sotadi. "Qirollik klubi" yarim himoyachi Toni Kroosni «Manchester Yunayted»ga sotishni rejalashtirmoqda.
Madridliklar Krishtianu Ronalduning o'rniga uzoq muddatli etakchi sifatida Neymarni olib kelishni rejalashtirishmoqda. "Qaymoqranglilar" Garet Beylni sotgan taqdirda ham bu moliyaviy feyr-pley qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun etarli bo'lmaydi.
Kroosga «MYu»dan tashqari «PSJ» va «Manchester Siti» klublari da'vogarlik qilishmoqda.