"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2017 yil taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Portugaliyalik futbolchi o'tgan yilda madridliklar bilan 5 ta sovringa ega bo'ldi va "Oltin to'p" sohibi bo'ldi.
"2017 yil ko'p jabhada aqlbovar qilmas yil bo'ldi. Ortimga qarab, Madeyra ko'chalarida to'p tepib yurgan vaqtlarimni va nimalarga erishganimni ko'z oldimga keltirib ajib hislarni tuyoyapman.
Menga iqtidor berilgan, va ng yuqori cho'qqiga chiqish uchun tinimsiz mehnatim qildim. Ammo menga professional tarzda yordam bergan atrofimdagi insonlarsiz bu darajaga erisha olmas edim.
Men bu tuyg'ularimni har doim yonimda bo'lgan oilam, do'stlarim bilan bo'lishaman. Shuningdek, orzularga to'la bolalik paytimda menga yordam bergan murabiylarim, jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman.
Meni qo'llab, ruhlantirgan muxlislarimga alohida rahmat", - deydi Ronaldu.