Madridning “Real” klubi rahbariyati qishgi transferlar mavsumida “Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keynni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Keynning taxminiy transfer miqdori 150 million funt deya baholanmoqda.
“Qirollik klubi” Keynni sotib olish uchun Garet Beylni kompensatsiya sifatida qo'shib bermoqchi.
Ma'lumot uchun, Beyl “Tottenxem” safida 2007/2013 yillar faoliyat olib borgan.