"Real" klubi yozgi transfer paytida "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni qo'lga kiritishni istamoqda. Futbolchining taxminiy transfer narxi — 150 million funt.
«Real» transfer summasining bir qismini Garet Beyl orqali qoplamoqchi. «Qaymoqranglilar» Keynni xarid qilish uchun «shporlar»ga o'zlarining sobiq futbolchisini taklif qilishmoqda.
Beylga da'vogar jamoalardan biri — «Manchester Yunayted» bo'lib turibdi. Garetning o'zi «qizil iblislar» safiga o'tishni istamoqda. Eslatib o'tamiz, Beyl 2007-2013 yillarda «Tottenxem» sharafini himoya qilgan.