Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalyapti. U faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.
Mankunianliklar 32 yoshli futbolchini «Old Trafford»ga qaytarish variantlarini ko'rib chiqishmoqda. Avvalroq Ronaldu "Qirollik klubi" rahbariyatidan yozda o'zini transferga qo'yishni hamda 89 million funt sterlingdan ko'p bo'lmagan summaga boshqa jamoaga sotishni so'ragani haqida xabar berilgandi.
Ronaldu 2003-2009 yillarda «MYu» sharafini himoya qilgan. Uning «Real» bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.