Ispaniya OAV 21 yoshli xavbek Daniel Sebalyos klubdan noroziligi haqida ma'lumotni chop etdi.
Diario Gol nashri xabariga ko'ra Sebalyos jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga kam amaliyotga ega ekanligidan norozilik bildirgan va "yaxshisi o'z vaqtida "Barselona"ga o'tganim yaxshi edi" - degan mazmunda gap aytgan.
Ispaniyalik futbolchi "Madrid" ishtirokida barcha musobaqalarda 13 o'yinda maydonga tushgan, bularning faqat 5 tasida asosiy tarkibda. "Real"da asosiy tarkibdagi debyut o'yinda dubl qayd etib jamoaga uch ochko taqdim etgan (2:1).
Ispaniya yoshlar terma jamoasi yulduzi "Real" va "Barselona"dan taklif bo'lganda aynan "Qirollik klubi"ni tanlagan, garchi hech qanday muntazam o'yin amaliyoti kafolatlanmagan bo'lsada. Zidan bilan munosabat tufayli Dani qishdayoq jamoasini o'zgartirishi mumkin. Hozirda unga "Yuventus" va "Roma"dan takliflar bo'lmoqda.