Madridning “Real” jamoasi darvozaboni Keylor Navas rafiqasi bilan birga Kosta-Rikada o'zining hayoti haqida ishlangan filmning premerasida qatnashdi.
Kinoda posbonning Peres-Selodneda o'tkazgan yoshligi, faoliyatidagi asosiy bosqichlari hamda “Real”dagi o'yinlari ko'rsatilgan.
Uning rolini kolumbiyalik aktyor Mett Markos ijro etdi. Suratga olish ishlari Kosta-Rika va Ispaniyada olib borildi.
“Va nihoyat, orzularim amalga oshdi”, - deydi Navas taqdimotda.