«Real» hujumchisi Karim Benzema jarohat sababli 2-3 haftaga safdan chiqdi.
Madridliklar ta'tildan qaytib, mashg'ulotlarga kirishishdi. Ammo, ma'lum bo'lishicha, "Barselona"ga qarshi o'yinda frantsiyalik hujumchi jarohat olgan ekan. Uning tizza ortidagi mushagida jarohat aniqlangan. Shu bois, u hozircha jamoaning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etmaydi.
Shu bois, Benzema Ispaniya kubogi doirasida "Numansiya"ga qarshi nimchorak final bosqichining har ikkala bahsini, shuningdek, La liga dorasida«Selta»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Uning «Vilyarreal» va «Deportivo»ga qarshi o'yinlardagi ishtiroki so'roq ostida turibdi.