"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema sonidan olgan jarohati sababli 3 haftaga safdan chiqdi.
Benzema bugungi mashg'ulotlarda jamoa bilan shug'ullanmadi va tekshiruvlar natijasida unda jaroaht aniqlandi. Hozircha uning Ispaniya kubogi "Numansiya" va La Ligada "Selta"ga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmasligi aniq. "Villarreal" va "Deportivo"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi so'roq ostida.