"Qirollik klubi"ning bo'lajak futbolchisi Vinisius Junior Fox Sports nashriga intervyu berib o'tdi.
"Menga Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl juda yoqadi, ammo hozirda men "Flamengo" tarkibida ular o'rnida Diego va Xose Paolo Gerrerolarni ko'rayapman. Men hech narsani hal etmadim, hammasini ota-onam va klub rahbarlari hal etdi. Men endi o'z jamoamda bir yoki ikki mavsum futbolchi sifatida ulg'ayishim kerak. "Flamengo"da faqat yutuqlar haqida o'ylayapman. Undan keyin "Madrid"dagi kelajagim haqida o'ylasam bo'ladi. Men pul haqida o'ylamayapman, shunchaki muxlislarning qora-tanli yoqimtoyi bo'lmoqchiman." - deydi 16 yoshli futbolchi.