"Real Madrid" bugun bir necha kunlik ta'tildan so'ng mashg'ulotlarga kirishdi. Bugungi mashg'ulot bayram munosabati bilan muxlislar uchun ochiq eshiklar kuni ostida o'tkazildi. Mashg'ulotlarda 23 nafar futbolchi ishtirok etdi. "Xuvenil A"dan Moha mashg'ulotlarga jalb qilingan bo'lsa, Karim Benzema yopiq zalda shug'ullandi.