2017 yil "Real" tarixida eng omadli yil bo'lib qoladigan bo'ldi. Jamoa bir yo'la 5ta sovrinni qo'lga kiritdi. Xo'sh, jamoaning muvaffaqiyatlarida qaysi futbolchi ko'proq hissa qo'shdi? Qaysi jamoa bir yil davomida eng ko'p maydonga tushdi?
«Madrid» safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Kazemiro bo'ldi. Braziliyalik futbolchi maydon markazida almashtirib bo'lmas o'yinchiga aylandi. Kazemiro 54 marta maydonga tushdi va barcha futbolchilarni ortda qoldirdi. Bu borada 51ta o'yin bilan Serxio Ramos ikkinchi natijani qayd etdi.
Toni Kroos, Marselo va Lukas Vaskes 50 martadan o'yinlarda ishtirok etgan bo'lsa, Krishtianu Ronaldu va Isko 49ta o'yinda ko'rinish berishdi.
Kazemiro 2017 yil davomida "Real" safida 6ta musobaqada ishtirok etdi: La ligada — 33, EChL — 12, Ispaniya kubogi — 4, Klublar o'rtasidagi JCh — 2, Ispaniya superkubogi — 2, Evropa superkubogida 1ta.
E'tiborli tomoni, Kazemiro mazkur o'yinlarda o'z hisobiga 10ta gol yozishga muvaffaq bo'ldi.