"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu mavsum yakuniga yetgach o'z jamoasini o'zgartirmoqchi.
32 yoshli portugaliyalik futbolchi madridliklar rahbarlaridan yozda o'zini 100 mln yevrodan qimmatga sotmasliklarini so'ragan. Futbolchining shartnoma bandida ko'rsatilgan tovoni puli 1mlrd yevro qilib belgilangan.
Krishtianuning agenti allaqachon "PSJ" va "Manchester Yunayted" rahbarlariga Ronaldu uchun kurashishlari mumkinligini e'lon qilgan.
Portugaliyalik futbolchining jamoadan ketishiga asosiy sabab maoshini oshirmaslik deya qaralmoqda. Futbolchi Florentino Peresdan norozi sababi Ronaldu Lionel Messi va Neymardan kam maosh olayotgani ko'rsatilgan.