Krishtianu Ronaldu faoliyatini "Real"da davom ettirishni istamay qoldi. Bu haqda The Daily Record nashri xabar tarqatdi.
Portugaliyalik futbolchi "Madrid" rahbariyatidan o'zini 89 million funt va undan kamroq summa evaziga boshqa jamoaga qo'yib yuborishni so'radi. Uning fikricha, bundan ortiq mablag'ni hech kim to'lamaydi. 32 yoshli futbolchining agenti «PSJ» va «Manchester Yunayted» bilan aloqani ushlab turishibdi. Aynan ushbu ikki jamoa Ronalduga asosiy da'vogar hisoblanadi.
Ronalduning yangi shartnomasida badal puli 887 million funtni tashkil qiladi. Tabiiyki, bunday pulga uni hech kim sotib olmaydi.
Bundan tashqari, ma'lumotlarga qaraganda, Ronaldu va «Real» prezidenti Florentino Peres o'rtasida jiddiy muammo yuzaga kelgan. Ular orasida salbiy munosabat o'zining yuqori cho'qqisiga chiqqan. Krishtianu Peresni ko'rishni ham istamayapti va u bilan gaplashmayapti. Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'la turib Messi va Neymardan kam maosh olayotganidan g'azabda.