AS nashri xabariga ko'ra, "Real" darvozaboni Kiko Kasilya "Deportivo"ga o'tishi mumkin.
Gap shundaki, madridliklar "Atletik" posboni Kepa Arrisabalagani sotib olish payidalar, u asosiy tarkibdagi joy uchun Keylor Navas bilan kurash olib borishi mumkin. Shu tariqa Kasilya jamoaning uchinchi darvozaboni bo'lib qolishi va doim ham o'yin ro'yxatiga tushmasligi mumkin.
Kasilyaga voqealarning bunday rivoji yoqmaydi va shuning uchun boshqa klubdan ketishni istayapti. Unga asosiy davogar "Deportivo" bo'lib turibdi.