Ispaniyaning "Deportivo" klubi "Real" darvozaboni Kiko Kasilyaga qiziqmoqda.
Yanvarda madridliklar Kepa Arrisabalagani xarid qilishi kutilmoqda va shu sababli Kiko o'ziga yangi jamoa izlashi mumkinligiga sha'ma qiladi.
La Karunyaning "Deportivo"si esa Kiko transferiga jiddiy qiziqmoqda. Klub yanvar oyida darvoza chizig'ini kuchaytirishni maqsad etgan. Boz ustiga jamoaning asosiy darvozaboni Pshemislav Titon qishda klubni tark etmoqchi.