"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z vaqtida "Yuventus"ga o'tishi mumkin bo'lganini esladi.
"17 yoshimda "Sporting"da o'ynay boshlaganimda menga ko'p klublar qiziqqan. Agentim Jorje Mendesh har doim men uchun muhim bo'lgan va doim to'g'ri maslahat bergan. "Yuventus"dan taklif tushganini eslayman, boshim osmonga etgan edi, chunki u buyuk klub.
Shu bilan birga o'sha vaqtda "Real", "Manchester Yunayted" va boshqa klublardan takliflar bor edi. Eng yaxshisi "MYu"dan tushdi va mening APLda o'ynash orzum ushaldi. Men Italiyada emas, Angliyada to'p surishni ma'qul topdim va "MYu" menga bunday imkoniyatni taqdim qildi Fergyuson va Mendesh menga katta yordam berganlar", - deydi Ronaldu.