"Nyu-York Siti" hujumchisi David Vilya qishgi ta'til paytida Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Onda Cero nashrining xabariga ko'ra "Real" MLSda ta'til payti bo'lganligi sababli Vilyani ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra bu transferni jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham qo'llab-quvvatlamoqda.
Ma'lumot uchun, Vilya muqaddam Ispaniyada "Saragoza", "Valensiya", "Barselona" va "Atletiko Madrid"larda to'p surgan.