Qishki tanaffusga chiqib ketish oldidan «Barselona»dan uchralgan mag'lubiyatga qaramay, «Real» qishki transfer paytida faol bo'lmoqchi emas. Jamoa darvoza chizig'ini kuchaytirish maqsadida «Atletik» posboni Kepa Arrisabalagani sotib olishni rejalashtirmoqda.
Kepaning bilbaoliklar bilan shartnomasi 2018 yilning iyun oyida yakuniga etadi. Darvozabon o'z klubi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Madridliklar yozni kutib o'tirmasdan, yanvar oyida Arrisabalaganing "Atletik" bilan shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli — 20 million evroni to'lashmoqchi.
"Qaymoqranglilar" darvozabonga 6 yilga shartnoma taklif qilishadi va yiliga 3 million evro maosh to'lashadi.
Ushbu transfer "Real"ning yanvar oyidagi yagona xaridi bo'lishi kutilmoqda.