«Real» klubi Keylor Navasning o'rniga yangi darvozabon izlashda davom etmoqda.
«Qirollik klubi» anchadan beri «Chelsi» posboni Tibo Kurtuaga qiziqish bildirmoqda. Belgiyalik o'yinchi o'z faoliyatini "qaymoqranglilar" safida davom ettirishni istamoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Kurtua va londonliklar o'rtasida tuzilgan shartnoma 2019 yilda yakuniga etadi. «Chelsi» esa darvozabonni o'z safida ushlab qolishga harakat qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Kurtua jamoa rahbariyatidan o'zining transferi borasida kelishuvga erishishni so'ragan.