"Real Madrid" o'z hujumchisi Raul de Tomasni ortga qaytarmoqchi. Mavsumning dastlabki yarmidan so'ng hujumchilarda bo'lmagan effektdan so'ng "Rayo Valekano"da ijara asosida yurgan hujumchi Raul de Tomas Zidan jamoasiga kelib qo'shilishi kutilmoqda.
Tomas hozirda Segundada 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan, mavsumm avvalida formasi yaxshimasligi sabab 4 o'yin o'tkazib yuborgan bo'lsa va yana 4 o'yinni jarohati sabab o'tkazib yuborgan edi. Hozirgi paytga kelib "Real" tarbiyalanuvchisi har 113 daqiqada to'p kiritmoqda, Karim Benzema esa har 265 daqiqada.
Bu natijalardan so'ng Madridliklar de Tomasni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. 2014/15-mavsumda hujumchi na "Real" tarkibida na "Kastilya"da birorta o'yinda maydonga tushmadi va oxir oqibat faoliyatini ijara asosida "Rayo Valekano" tarkibida davom ettirishga qaror qildi.
23 yoshli hujumchi ortga qaytganidan so'ng Madridliklar tarkibida 3 nafar markaziy hujumchiga ega bo'ladi.