"El Klassiko"dagi og'ir mag'lubiyatdan so'ng vaziyatlar o'zgarmoqda.
"El Klassiko"da 3:0 hisobida taslim bo'lgan madridliklar uchun og'ir zarba bo'ldi, ayniqsa jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchun. Fransiyalik mutaxasis murabbiylik faoliyatidagi eng yirik va og'ir mag'lubiyatini ta'tib ko'rdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Zizu bilan yangi yil bazmida ko'rishdi va gaplashib oldi. Marca nashrining xabariga ko'ra yangi yil bayramida prezidentning kayfiyati yaxshi bo'lgan, xar holda Rafa Benites davridagi (0:4) dan ko'ra. Klub butkul Zidanga ishonishini ma'lum qilgan, ammo bir qator futbolchilar borki ishonchni yo'qotib bormoqda. Ulardan biri fransiyalik "snayper" - Karim Mustafo Benzema.
"El Klassiko"dan so'ng minglab muxlislar Karim Benzema "Real" darajasida emas va u allaqachon jamoadan allaqachon ketishi kerakligini ta'kidlagan.