Kanterano diqqat markazda.
Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi Franchu Feuilyaser hozirgi kunda iqtidorli futbolchilar safida zikr etilmoqda va uning qaysi terma jamoa sharafini himoya qilishi savol bo'lib turubdi.
La Capital nashriga bergan intervyusida 19 yoshli futbolchi "Albiseleste" (Argentina) libosida maydonga tushishni xohlayotganini aytib o'tdi. Ammo Ispaniya terma jamoasida to'p surishi mumkinligini ham inkor etmadi. " Menda hali Argentina futbol assotsiatsiya bilan hech qanday shartnoma yo'q, lekin men har doim Argentina libosida maydonga tushishga tayyorman. Mening - orzuyim Argentina, lekin hayotda hamma narsa o'zgarishi mumkin, oldindan hech narsani kafolatlab bo'lmaydi", - deydi Franchu.
Ma'lumot uchun, argentinalik futbolchi "Qirollik klubi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va agarda o'zi hohlasa Ispaniya sharafini ham himoya qilishi mumkin.