2016 yilning yanvarida “Real” prezidenti Florentino Peres Neymar va Koutinoni sotib olishga bel bog'lagan ekan.
“El Confidencial”ning xabar berishicha, deyarli ikki yil oldin Peres Neymar uchun “Barselona”ga 200 mln evro to'lashga va futbolchining tovon pulini yaxshiroq qilib belgilashga tayyor bo'lgan. Shuningdek, Koutino borasida ham shunga o'xshash taklif jo'natgan. Biroq “Real”ning o'sha paytdagi murabbiysi Rafael Benitesning iste'foga chiqarilishi va o'rniga Zidanning tayinlanishi voqealar rivojini o'zgartirib yuborgan.