"Tottenhem" mavsum yakuniga ko'ra jamoa hujumchisi Xarri Keyn bilan shartnoma bandlarini yaxshilab olmoqchi.
Londonliklar 24 yoshli ingliz hujumchisini "Real" "ovi"dan xolis etmoqchi. Chunki hozirgi kunda Madridliklar o'ziga hujumchi izlamoqda va variantlar orasida albatta Xarri Keyn bo'lish ehtimoli ham yuqori.
Shu sababli "Tottenhem" hujumchiga klubga yaxshiroq sharoit hosil qilish maqsadida, unga yaxshiroq takliflar bildirmoqchi. Hozirgi kunda Keyn jamoada eng ko'p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.