«Valensiya»ning yosh iqtidor egasi Ferran Torresga Evropaning bir nechta grand jamoalari qiziqib qoldi.
Calciomercato tarqatgan ma'lumotga ko'ra, 17 yoshli futbolchini «Yuventus», «Real» va «Barselona» skautlari kuzatib borishmoqda.
Ferranning klub bilan shartnomasida badal puli sifatida 25 million evro ko'rsatilgan. Yarim himoyachi ushbu mavsumda «Valensiya» tarkibida La Liga va Ispaniya kubogida debyut qilishga muvaffaq bo'ldi.