Ispaniya moliya vazirligi va soliq xizmati tomonidan 15 mln evro mitsqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanayotgan "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ko'ngilli ravishda 6 mln evro to'ladi.
Bu haqida Marca xabar bermoqda.
Talab qilingan pulni ko'ngilli ravishda to'lanishi Ronalduga nisbatan jinoiy ish ochilishi va besh yilgacha bo'lgan qamoq jazosini oldini olishi mumkin.
Soliq xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, Ronaldu 2014 yilda imid huquqlarini sotishdan tushgan daromaddan soliq to'lashdan bosh tortgan.