«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn Angliya premer-ligasining 20-turi doirasida bo'lib o'tayotgan «Sautgempton»ga qarshi o'yinda (birinchi bo'limdan keyin — 2:0) "dubl"ni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, angliyalik futbolchining 2017 yildagi jami gollari soni 55taga etdi. Keyn mazkur ko'rsatkich borasida «Barselona» hujumchisi Lionel Messini (54ta gol) ortda qoldirdi.
Krishtianu Ronaldu («Real»), Edinson Kavani («PSJ») va Robert Levandovskogo («Bavariya») yakunlanayotgan yilda o'z hisoblariga 53tadan gol yozishdi.