«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 23 dekabr kuni o'tkazilgan klasiko bahsidan keyin «Barselona» hujumchisi Lionel Messini tabriklagan.
Ispan nashrlari ma'lumotiga ko'ra, o'yin yakunlangach, Ronaldu Messiga qarata «ayrim frazalar ishlatgan».
Ikki futbolchi ham kaftlari bilan og'izlarini bekitgan holda so'zlashishgan, ammo jurnalistlar ularning nima deganini aniqlashtirgan.
Ma'lum qilinishicha, «Oltin to'p»ning amaldagi sohibi argentinalik futbolchining bu safargi qarama-qarshilikdagi ustunligini e'tirof etgan va u g'alabaga munosib bo'lganini aytib, uni tabriklagan.