Gabonlik hujumchi Per Emerik-Obameyangning “Borussiya”dan ketishi aniqqa o'xshaydi. Buning birinchi sababi, futbolchining o'zi boshqa jamoaga o'tishni istayapti va aynan shu masalada jamoa rahbariyatiga iltimosnoma bilan chiqqan. Ikkinchi sababi, Obameyang katta yutuqlarni qo'lga kiritishni xohlaydi, Dortmundning “Borussiya”si esa ayni damda bunday natijani qo'lga kiritadigan darajada emas. Bunga EChL chorak finali doirasida “Monako”ga qarshi kechgan o'yinda guvoh bo'ldik. Uchinchi sababi, Obameyangga qiziqish bildirayotgan klublar talaygina. Ular orasida xalqaro musobaqalarda g'olib bo'lishga qodir jamoalar ham bor. Biroq...
“REAL” VARIANTI YaXShI, LEKIN...
Bir paytlar bobosining iltimosini bajarish va yuqori natijalarga erishish uchun gabonlik hujumchi “Real”ga o'tishni istagandi. Biroq ayni damda bu futbolchi uchun unchalik to'g'ri tanlov emas. Buning sababi shundaki, aftidan, “Real”, aniqrog'i, Zidan Benzemadan voz kechadiganga o'xshamaydi, qolaversa, frantsiyalik mutaxassis Alvaro Moratani ham “Real”da olib qolmoqchi va unga ko'proq o'yin amaliyoti va'da qilmoqda. Bu degani yanagi mavsumda Morata ham hujumda ko'proq o'ynaydi, degani. Demak, “Real”da Benzema va Morata kabi markaziy hujumchilar bor va ular asosiyda o'ynashga da'vogar, ikkalasini ham zaxiraga mixlashga Zidanning ko'zi qiymaydi, demak, Obameyang uchun ayni damda “Real” varianti unchalik ma'qul emas.
“MILAN”DA JOY TAYYoR, BIROQ...
Italiyaning “Milan” klubi ayni damda Obameyangdek kuchli hujumchining xizmatlariga muhtoj. Ayni damda jamoada klubning saviyasiga mos bo'lmagan futbolchilar ko'payib qolgan va rahbariyat bunday o'yinchilardan voz kechib, kuchli futbolchilarni xarid qilmoqchi. “Milan” rahbariyati avval Moratani sotib olmoqchi bo'ldi, biroq “qirollik klubi” Alvaroni sotmasligini aytgach, e'tibor Obameyangga qaratildi. Obameyang uchun “Milan”ning birinchi afzal tomoni shundaki,
Davomi