“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares Primeroning 17-turi doirasida “Real”ga (3:0) qarshi uchrashuvda hisobni ochuvchi golni urishga erishdi.
Futbolchining ushbu goli professional faoliyati davomidagi 400-chisi sifatida qayd etildi.
30 yoshli urugvaylik futbolchi o'z tvitterida bunga izox berdi:
“Professional darajada 400 gol urganimdan xursandman. Barchaga rahmat”, - deb yozadi futbolchi.