Madridning “Real” klubi “Barselona”dan uchragan mag'lubiyat (0:3) dan so'ng qishgi transferlar mavsumida o'z rejalarini o'zgartirdi.
Xabarlarga qaraganda, “qirollik klubi ” “Atletik” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga bilan kelishuvga erishgandi. Ammo, “Real” hozir bor diqqatini hujum chizig'ini kuchaytirishga qaratgan.
Zidanga markaziy hujumda harakatlanayotgan Karim Benzema o'yini manzur bo'lmayotgani uchun “Real” rahbariyati tezlik bilan Milaning “Inter” klubidan Mauro Ikardini sotib olish istagida.
“Inter” 24 yoshli futbolchi bilan moliyaviy feyr-pley sabab yangi shartnoma tuza olmaydi. Shuni hisobga olib, Ikardi faoliyatini katta ehtimol bilan “Real”da davom ettiradi.
Esaltib o'tamiz, Ikardining “Inter” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yil nihoyasiga etadi.
Ma'lumot uchun, Mauro joriy mavsum Italiya “A” seriyasida 18 o'yinda ishtirok etib, 17 gol mualifiga aylangan.