“Real” jamoasi sobiq a'zosi Alvaro Arbeloa Madrid klubi elchisiga aylandi, deb xabar beradi AS.
34 yoshli ispaniyalik “qaymoqranglilar”ning milliy va xalqaro darajadagi elchisi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Arbeloa “Real” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyatini o'tgan yozda yakunladi. Alvaro “Qirollik klubi” tarkibida EChL (2014, 2016), UEFA Superkubogi (2015) va klublar o'rtasidagi Jahon chempionati (2015), Ispaniya chempioni (2012), Ispaniya Kubogi (2011, 2014) va Superkubogi (2013) kabi sovrinlarni qo'lga kiritgandi.