Madridning “Real” jamoasi rahbariyati qishda yangi futbolchilarni transfer qilishga tayyorlanmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, madridliklar yanvar oyida futbolchilar uchun 200 mln evrodan voz kechishga tayyor.
“Real” hozirgi paytda darvozabon, markaziy himoyachi va gol uradigan hujumchiga muxtoj. Katta extimol bilan “Inter” a'zosi Mauro Ikardi “Qirollik klubi”ga o'tishi mumkin.
Shuningdek, bir necha futbolchilar ham jamoadan ketadi, ulardan tushadigan mablag' ham transferlarga ishlatilishi mumkin.