“Real” jamoasi sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionati 17-turi doirasida “Barselona”ga (0:3) qarshi uchrashuv haqida gapirdi.
“Klubimiz tarixi va emblemamiz har doim oxirigacha kurashish kerakligiga majbur qiladi. Chempionatdagi holatimiz yanada og'irlashdi. Biroq barcha narsa bo'lishi mumkin, oxirigacha kurashamiz.
Mag'lubiyat yoqimsiz bo'ldi. Bu haqda juda ko'p o'ylaymiz.
2017 yilda yaxshi g'alabalarga erishdik, biroq bu mag'lubiyat sabab yomon hayollarga borish kerak emas.
Suaresga qarshi fol? “Barselona”da meni Puchdemon bilan qamoqda o'tirishimiz kerakligini aytishayotgandir. Biroq meni o'sha vaziyatni atayin qilmadim”, - deydi Ramos.