Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Rafael Varan Ispaniya chempionati doirasida “Barselona”ga (0:3) uchralgan mag'lubiyat hususida gapirdi.
“Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanishni uddalay olmadik. “Real” yaxshi o'ynayotganida “Barselona” gol urib ketdi.
Birinchi bo'limda yaxshi o'ynagandik, ikkinchisida esa charchab qoldik. Chetlatishdan keyin bizga yanada og'ir bo'ldi. Bu natija bizning 2017 yildagi g'alabalarimizni yopib qo'ya olmaydi. 2018 yil esa biz uchun juda qiyin o'tadi. Ammo erta taslim bo'lish yo'q.
Bunday bahslarda mag'lub bo'lish – har doim yoqimsiz bo'ladi. Endi kuchayishimiz kerak”, - deydi Varan.