"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Pol Pogba "Real"ga qarshi o'yinda "Yuventus"ga omad tiladi. Chunki Pogba finalda "Yuventus" g'alaba qozonsa UEFA Superkubogida sobiq jamoasiga qarshi to'p surmoqchi.
"Agarda "Yuventus" Chempionlar Ligasida g'alaba qozonsa, men juda xursand bo'laman. Shunda biz Superkubokda birga o'ynaymiz? To'g'ri. Lekin shunday bo'lsada sobiq jamoamga omad tilayman." - deydi 24 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, yozda Pol Pogba "mankunian"lilar safiga 105 mln yevro evaziga "Yuventus"dan kelib qo'shilgan.